O‘zbekiston | 17:29 / 02.08.2019
101577
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lash qoidalari yana o‘zgardi

Elektr energiyasidan va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga navbatdagi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, 1 martdan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov kiritish qoidalari o‘zgardi: tariflar o‘zgarganda keyinchalik qayta hisoblashlarsiz oldindan to‘lov to‘lanadigan davr ikki baravar – 6 oyga qisqartirildi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan o‘zgartirishlar bir-biriga o‘xshashdir, ruxsat etiladigan davr yana 3 baravar – 2 oyga qisqartiriladi. Shu tariqa, maishiy iste'molchilardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov tarif o‘zgarganda qayta hisoblashlarsiz ko‘pi bilan 2 oy oldindan qabul qilinadi.
 
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida oldindan to‘lov davri cheklanmagan. Biroq tarif o‘zgarganda iste'molchi to‘lov to‘langan kundan boshlab faqat 2 oy davomida oldindan to‘langan hajm uchun qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi.
 
Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan haqni 2019 yil 31 iyulgacha to‘lashga ulgurgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha to‘lovsiz 6 oy to‘g‘risidagi avvalgi qoida qo‘llaniladi.
 
Ma'lumot uchun: boshqa toifadagi iste'molchilarga (nomaishiy) nisbatan qoidalar ham ikki marta: joriy yilning 1 marti va 1 iyunidan o‘zgartirildi.
 
Hujjat 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid