Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'muriyati Afg‘onistondagi harbiylar sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati “Tolibon” harakati bilan yangi kelishuv doirasida Afg‘onistondan minglab harbiylarini olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Vaziyatdan xabardor manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni hozirgi 14 mingdan 8-9 minggacha qisqartirilishi mumkin.
Toliblar buning evaziga Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralar boshlashi lozim bo‘ladi.
Shuningdek, AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv o‘t ochishni to‘xtatish va toliblarning “Al-Qoida” bilan aloqalardan voz kechishini o‘z ichiga oladi.
Amaldorlarning ta'kidlashicha, ushbu kelishuv Afg‘onistonda sentyabrda o‘tadigan saylovlargacha batamom tasdiqlanishi mumkin. Biroq ularning qo‘shimcha qilishicha, hanuzgacha hal qilinmagan muammolar ham mavjud.
Toliblar vakili Zabihulla Mujohid bitimga izoh berishdan bosh tortgan va muzokaralar qachon davom ettirilishini bilmasligini aytgan.
O‘z navbatida, AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shon Roberson vazirlikka harbiylarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmaganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028-yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026