Moskva şahar kengaşi deputatlari sayloviga nomzodi qabul qilinmagan muxolifat ommaviy aksiya uyuştirmoqda. Markaziy saylov komissiyasi raisi Pamfilova vaziyatga çetdan nazar taşlamoqda, Tergov qömitasi Federal xavfsizlik xizmati xodimlari esa jarayonga faol aralaşmoqda. Ularning fikriça, muxolifat meriya binosini egallab olişni rejalaştirgan, rangli inqilobga imkoniyat qidirişmoqda.
27 iyul kuni ötkazilgan yirik norozilik aksiyasidan söng, köpçilik ma'muriy qamoqqa olingandi. Kreml va Moskva meriyasi masalaga kuç bilan javob qaytarişi avvaldan bildirilgandi. 3 avgust kuni boşlangan ikkinçi tölqin ham hibslar bilan hamohang böldi. Oqşomga qadar 685 kişi politsiya tomonidan uşlangani ma'lum qilindi.
Ma'muriy çoralar iş bermayapti
Şahar deputatlari saylovida iştirok etiş uçun da'vogar bölgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi (Navalniy ta'sirida yuritiladi) huquqşunosi Lyubov Sobol, «Yabloka» ning şahar bölimi sobiq yetakçisi Sergey Mitroxin, Ilya Yaşin va közga köringan muxolifat nomzodlari uçun töplangan imzolar yöq qilingani ma'lum qilindi. Bu muxolifat tarafdorlarining noroziligini keltirib çiqardi.
Şunday qilib, 14 iyul kuni birinçi aksiya uyuştirildi. 27 iyulda ötkazilgan köça aksiyasi juda köp qirralari bilan Rossiya tarixida qoldi. Muxolifatçilar 3 avgust kuni yana aksiya uyuştirişni rejalaştirayotgandi.
3 avgust oldi tayyorgarlik işlari
Hukumat 27 iyuldan xulosa çiqargan holda, aksiyada iştirok etgan 5 nafar muxolifatçi 2 oy muddatga qamoqqa olindi. Hozirgaça qölga olinganlarning köpi köngilli asosida muxolifat saylov ştabida işga yollangandi.
Sud umumiy hisobda 1038ta ma'muriy işni körib çiqmoqda. 3 avgustdan bir sutka avval, 400ga yaqin aksiya iştirokçilari jarima va ma'muriy qamoq singari jazo bilan siylandi. Aksiya oppozitsiya yetakçilarisiz ötişi ma'lum böldi.
Meriya taklifiga köra, Saxarova köçasidagi «gayd-park» maydonida aksiya ötkazişga könmagan, Libertarianlar partiyasi vakili Mixail Svetov meriya binosidan çiqişi bilan qölga olindi.
Aksiya qanday ötdi?
Biznes doirasi aksiya tölqinidan özini tiyib turibdi. Şu tufayli, markaziy köçalarda savdo şoxobçalari faoliyatini vaqtinça töxtatdi. Politsiya protest iştirokçilari körinmay, köçada sergak torta boşladi. Moskva osmonida vertolyotlar paydo böldi. Aloqa vositalari xizmat sifati sun'iy böğilgan.








