Nima uçun tarvuz tarkibidagi nitratlardan qörqmaslik kerak, uşbu poliz ekini kimlar uçun haqiqatda xavfli va kimlar uni tanovul qilmagani ma'qul?
Nitratlar azot kislotasining tuzlaridir.
Ulardan qişloq xöjaligida öğit sifatida foydalaniladi. Nitratlar inson organizmida ham uçrab, sölak tarkibida mikrobga qarşi vazifani bajarişi va şuningdek, yurak-qon tomiri faoliyatida iştirok etib, qon bosimini nazoratda saqlaşi mumkinligi aniqlangan.
Tanada ortiqça töplangan nitratlar organizm fermentlari va içaklarda hamda oğiz böşliğida uçrovçi ba'zi bakteriyalar ta'sirida bir neça marta köproq toksik nitratlarga aylanadi. Qon tarkibida ular gemoglobinni metgemoglabinga aylantiradi, metgemoglobin kislorod va karbonat angidridni yetkazib berolmaydi. Uning qondagi miqdori 30 foizgaça yetsa, ötkir zaharlaniş, nafas qaytiş, taxikardiya, ensa qismida oğriq, holsizlik va qon bosimi tuşişi alomatlari paydo böladi.
Qonda metgemoglobin konsentratsiyasi oşib borişi ölimga olib borişga qodir.
Bundan taşqari, oşqozon kislota muhitida nitritlardan hazm qiliş organlari saratoniga sabab böluvçi nitrozaminlar paydo bölişi mumkin.
Qiziqarlisi şundaki, nitratlarning organizmga nisbatan ehtimoliy zarari, birinçi navbatda, ularning manbalari bilan boğliq. Bir neça ön yillar davom etgan ulkan epidemiologik tadqiqotlar şuni körsatadiki, göşt mahsulotlaridagi bakteriyalar ösişi oldini oliş uçun qöşilgan nitratlar (aniqroği, organizmda ulardan hosil böluvçi nitrit va nitrozaminlar) juda xavflidir. Tanada ularning tez-tez paydo bölişi ongologik kasalliklar ehtimolini oşiradi.
Sabzavot va mevalar tarkibidagi nitratlar esa aksinça, organizmda oşqozon raki rivojlanişi xavfini kamaytiradi.
Laboratoriya tajribalari şuni körsatmoqdaki, zararli moddalar ösişi göşt komponentlari mavjud holatlarda tezlaşadi. Sabzavot va mevalar bu kabi reaksiyalarga qarşi antioksidantlarga ega. Ular sababli nitritlar azot kislotasiga (II) aylanadi, qon tomirlari kengayadi va qon bosimi yaxşilanişi kuzatiladi.
Tarvuzlar yetiştiriliş jarayonida ösişi uçun aynan qança kerak bölsa, xuddi şu miqdorda nitrat bilan öğitlanadi. Pişib yetiliş davomida tarvuz u bilan oziqlanib ösib oladi - tarkibida azot qolmaydi. Şuning uçun nitratlardan xavfsiraydigan xaridorlar yetuk tarvuzni tanlaşlari kerak, xom tarvuz tarkibida nitratlar saqlanib qoladi.












