Fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
3 avgust kuni imzolangan farmoyishga ko‘ra, 2019 yil 5 avgustdan boshlab, fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obektlarini buzish ishlari quyidagicha 3 bosqichda amalga oshiriladi:
– hokimlar tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar to‘plami Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
– Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari bo‘yicha va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha xulosalar tayyorlanadi;
– xulosa Bosh vazirga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Shuningdek, Farmoyish bilan:
– yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zarar miqdorini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi;
– xatlovdan o‘tkazishga ko‘maklashish uchun hududlarga biriktiriladigan mas'ullar ro‘yxati;
– xatlovdan o‘tkazish hamda ularni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhga:
– fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdorini belgilash;
– yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanish, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa – mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olish;
– aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari ko‘rish hamda qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilish vazifasi topshirildi.
Hukumat tomonidan bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi:
– davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi ko‘pchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;















