Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevga ma'lumotlar qanday ko‘rinishda olib kirilishi ochiqlandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturida intervyu berdi. Unda u prezident Shavkat Mirziyoyevga olib kiriladigan ma'lumot hamda axborotlar haqida gapirib berdi.
“Prezidentga olib kiriluvchi ma'lumotlar filtrlanmaydi. Men sizga bu nima uchun shunday qilinishini tushuntirib beraman. Prezident bir nechta ma'lumot manbalariga ega. Agar bitta jamoa filtrlab, qisqartirilgan ma'lumot bersa, boshqa jamoa bu haqda baribir axborot taqdim etadi. Tushunyapsizmi? Shu tariqa, kimdir juda qattiq gap eshitishi mumkin. Shuning uchun kun davomida paydo bo‘lgan barcha narsalar haqida xabar beriladi.
Albatta, matnlar to‘liq hajmda taqdim etilmaydi, faqat siqilgan holda, maksimal darajada. Faktlar keltiriladi. Ya'ni filtrlashning iloji yo‘q, sababi, yana bir bor qaytaraman, prezidentda ma'lumot olishning juda ko‘p imkoniyatlari bor, shu jumladan internet orqali ham. Ehtimol ilgari filtrlash mumkin edi, sababi internet yo‘q, saytlar ham deyarli bo‘lmagan, faqat gazetalar. Ularni esa kesish va faqat kerak bo‘lgan narsalarni berish mumkin edi. Hozir yashira olmaysiz”, - dedi Komil Allamjonov.
Shuningdek, uning aytishicha, O‘zbekiston prezidenti mobil telefonga ham ega.
Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026