2019 yilning 6 avgust kuni Anqara şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) raisi Serkan Kayalar bilan uçraşdi.
Uçraşuv çoğida ta'kidlanganidek, TIKA 1992 yildan beri Özbekistonda iqtisod, savdo, texnik, ta'lim, ijtimoiy va madaniy dasturlarni hamda özaro hamkorlik böyiça qator loyihalarni amalga oşiriş sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda. Ötgan davr mobaynida TIKA tomonidan qiymati 40 mln. AQŞ dollaridan köproq bölgan 800 dan ortiq texnik kömak grant loyihalarini amalga oşirdi. 2019 yil yakunlariga köra uşbu körsatgiçning sezilarli darajada ösişi kutilmoqda. TIKA raisi sobiq örinbosari Mehmet Sureyya Erning Özbekistonga elçi etib tayinlanişi ham mamlakatimizdagi Turkiya texnik kömak loyihalarining hajmi va sifatining yangi darajaga olib çiqilişidan darak beruvçi belgi deb qaralmoqda.
TIKA’ning Özbekistondagi biz uçun muhim bölgan loyihalaridan biri mamlakatimizda Istanbulning «Gebze» taşkiliy sanoat zonasi filiali oçilişi hisoblanadi. Bu loyihaning amalga oşirilişi ikki tomon uçun ham uzoq muddat davomida natija keltiruvçi manfaatli qadam böladi, mamlakatimizda Turkiya tadbirkorlarining investitsion va işlab çiqariş faoliyati uçun yangi şaroitlarni yaratadi.
Uçraşuv yakunida Özbekistonning tegişli muassasalari bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, atrof-muhitni himoya qiliş, turizm sohalarida va boşqa qator ijtimoiy ahamiyatga ega yönalişlarda TIKA’ning loyihalar va texnik kömak dasturlarini amalga oşiriş doirasidagi hamkorligini faollaştiriş töğrisida kelişuvga erişildi.









