215 yillik tarix. Dunyoning barcha nuqtalarida faoliyat yuritayotgan minglab huquqshunoslar. O‘ziga xos tajriba va xalqaro ta'lim sohasidagi peshqadamlik. Bu ta'riflarning barchasi Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetiga tegishli. Ikki asrdan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan ushbu oliy ta'lim muassasasiga o‘zbekistonlik talabalar hech qanday kirish imtihonisiz qabul qilinishlariga, yetti fakultetdan birini tanlab, xalqaro darajadagi huquqshunos bo‘lib chiqishlariga ishonasizmi?
Javob berishga shoshilmang! Toshkentlik So‘g‘diyona Mamaraimova, Mahliyo Shamsiyeva, samarqandlik Sharofiddin Mahmudov, Ravshan Ahmedov, qashqadaryolik Mahbuba Kamolova, Suxrobjon Sultonov ham auditoriya partasidan o‘z o‘rnini topib, qizg‘in o‘qish jarayoniga kirishib ketgunga qadar Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetiga Imtihonsiz kira olishlariga o‘zlari ham ishonmagan bo‘lsalar kerak. Ularning hayajoni birinchi kursni a'lo baholarga tugatganlarida yana bir bor ortgani aniq. Mazkur oliy ta'lim muassasasida esa ular kabi 100 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ular 8 yildan buyon Toshkent-Kiyev o‘rtasida ta'lim borasida aloqalarni bog‘lab, mingdan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlarning Ukrainada o‘qishlarini ta'minlayotgan “Inside-A” ta'lim markazi orqali talabalik baxtiga muyassar bo‘lganlar.

Jasorat va birgina qo‘ng‘iroq! Yuqorida nomlari keltirilgan yigit-qizlarning talaba bo‘lishlariga aynan shular sabab bo‘lgan. Ular “Inside-A” ta'lim markazi bilan bog‘landilar, suhbatdan o‘tdilar, barcha hujjatlarni topshirgach, evaziga samolyot chiptasini oldilar va yo‘lga otlandilar.
Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetida 11 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Unda 7 ta umumiy fakultet, 2 ta sirtqi va 2 ta kechki ta'lim bo‘linmalari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonliklar asosan Xalqaro huquq fakultetida o‘qib kelmoqdalar. Ushbu fakultetda nafaqat xorijiy mamlakatlardagi huquq sohasi, balki ingliz tilini ham mukammal o‘rganish mumkin.
2018 yilda ushbu fakultetda qiyosiy huquq kafedrasi tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun 170 soat dars belgilandi.











