2019 yil 2 avgust kuni Prezident tomonidan «Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 19-son ixtisoslaştirilgan jazoni ijro etiş koloniyasini tugatiş töğrisida»gi qaror qabul qilingan edi.

Bugun, 5 avgust kuni Milliy matbuot markazida Içki işlar vazirligi mutasaddilari tomonidan uşbu qaror ijrosi va mazmun-mohiyatini tuşuntiriş yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda Içki işlar vaziri örinbosari Bahrombek Odilov va vazirlik matbuot xizmati rahbari Qutbiddin Burxonov iştirok etişdi hamda jurnalistlarning savollariga javob qaytarişdi. Vazir örinbosari uşbu koloniya yopilişi Özbekiston imijiga ijobiy ta'sir körsatganini ta'kidlab, AQŞning Özbekistondagi sobiq elçisi Pamela Spratlen, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Delegatsiyasi rahbari, elçi Eduard Stripraysning fikrlarini keltirdi.

Bahrombek Odilov

«2 avgustdagi qaror bilan Jasliq koloniyasi tugatildi. Bu degani, Jasliq koloniyasi yopildi. Bu tarixiy qaror. Avvalo, bu qaror ortidan mahbuslarning oila-a'zolarining muşkuli oson böladi. Ularning uzoği yaqin böladi. Mazkur qarorga asosan mahbuslar uyiga yaqin hududlarga joylaştiriladi. Bunga sud qaror qiladi. Bu işlar 1 oy içida qilinişi kerak. Biz bunga tayyormiz. Koloniyada 395 mahbus manziliga qarab joylaştiriladi. Bularning 10 foizi diniy-ekstremistik jinoyatlar sodir etgan mahbuslar hisoblanadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Jasliq koloniyasi 1999 yil taşkil etilgan. Bu koloniyani tugatiş sabablaridan biri, jamiyatda bu haqida salbiy fikr bildirilayotgani böldi. Har bir mahbusning ortida kimdir bor. Bu koloniya esa, Qönğirot tumanida, tuman markazidan 180 kilometr masofada joylaşgan. Prezidentimiz tomonidan bu koloniyani tugatişda şu obektiv sabablar ham inobatga olindi», deya ma'lumot berdi Qutbiddin Burxonov.

Qutbiddin Burxonov

Savollarga javob berar ekan, vazir örinbosari yana quyidagi ma'lumotlarni berdi.