Iqtisodiyot | 15:57 / 06.08.2019
82134
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati e'lon qilindi

Foto: Shutterstock

Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy saytida O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati e'lon qilindi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu ro‘yxatdan respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xo‘jalik sub'yekti joy olgan. Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 178-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 12 iyulda 3172-son bilan ro‘yxatga olingan «Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchi sifatida tasniflash mezonlarini aniqlash to‘g‘risida»gi Nizomning 4-bandiga muvofiq, yirik soliq to‘lovchilar toifasiga quyidagilar kiradi:

a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;

b) tijorat banklari va ularning filiallari, tovar-xomashyo, fond va valuta birjalari;

v) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

d) yil yakuni bo‘yicha mahsulotlarni (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq to‘lovchilar toifasini aniqlashda, yuqoridagi Nizomning 4-bandining «d» kichik bandida ko‘rsatilgan mezonlar o‘tgan kalendar yil yakunlari bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi.

Yirik soliq to‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.

Mavzuga oid