Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Gaz ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi e'lon qilindi.

Ushbu Qonunning maqsadi gaz ta'minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Gaz ta'minoti sohasidagi davlat siyosati quyidagilarga asoslanadi:

konlarni qidirish, o‘rganish va o‘zlashtirish, gaz qazib olish, tashish, saqlash va yetkazib berish jarayonlarining barqaror hamda mutanosib rivojlanishini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi energetika xavfsizligini ta'minlash;

Iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash; 

gaz ta'minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarga belgilangan narxlar va tariflarga rioya qilish;

gaz ta'minoti sohasidagi munosabatlar sub'yektlari tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishi;

gaz ta'minoti sub'yektlarining gaz ta'minoti sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligini belgilash;

gaz ta'minoti tizimi obektlarining sanoat, yong‘in va ekologik xavfsizligi uchun belgilangan talablarga muvofiqligi;

energiya tejaydigan texnologiyalar, hisobga olish asboblari va gaz sarfini tartibga solishni joriy etish uchun sharoitlar yaratish

Gaz ta'minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:

iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish va aholi hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek ishlab chiqarish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida gaz ta'minotini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

gazning geologik zaxiralaridan oqilona foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish;

jahon energetika bozorida mahalliy gazning raqobatdoshligini ta'minlashga ko‘maklashish;

hududlar va sanoat obektlarini gazlashtirishning tegishli dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;

boshqaruv tizimiga va gazni ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda yetkazib berish munosabatlariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;

gaz ta'minoti tizimini yanada rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish;