Milliy banklararo protsessing markazi rahbari Şuhrat Qurbonov Kun.uz’ga bergan intervyusida yangi taşkil etilgan Humo tölov tizimi haqida ma'lumot berib, ayrim savollarga javob berdi.

Humo nega taşkil etilgan?

Humo tizimidan barça banklar bir xil foydalana olişi kerak. Şuning uçun Milliy banklararo protsessing markaz Respublika Markaziy banki huzurida taşkil etildi. Tölov tizimini taşkil etişdan maqsad, bozorda mavjud va faoliyat yuritib kelgan tizimga öxşaş yana bitta xizmatni işga tuşiriş emas. Aslida, tizim banklar uçun yaratildi. Davlat rahbari imzolagan qarorga muvofiq, Humo tölov tizimi ikki yil içida tölaqonli banklar ixtiyoriga ötkazilişi kerak.

Köpçilik mahalliy banklarda öz protsessing markazi mavjud, faqat ular VISA va MasterCard tizimida emissiya qilingan kartalar uçun işlaydi. Bizning oldimizda turgan vazifa – banklar öz protsessing markazlarida Humöni ham işlatiş imkoniyatiga ega bölsin. Sodda qilib aytganda, Humo markazlaşgan tölov tizimi bölmaydi. Ayni paytda markazda muammo bölsa, barça yerda muammo öz aksini körsatadi. Humo markazlaşgan tizim bölib, unda nimadir işlamasa, heç kimda karta işlamay qoladi. Bunday holatlarni kördik, şu tufayli markazlaşgan tizimdan uzoqroq ketiş kerak.

Har bitta bank öz imkoniyatidan kelib çiqib, mahsulotini bozorga çiqarişi va mijozlar uçun kuraşişi kerak. Şunda içki raqobat kelib çiqadi. Biz mijozlar bilan işlamaymiz, karta köpligi yo kam ekanligi masala emas, balki banklar bu kartalar bilan işlaşni örganişi kerak.

Humo qanday farqlanadi?

Kontaksiz tölovlar – NFC texnologiyasida işlaydigan kartalar bizning taşrif qoğozimiz. Şu tufayli, mijozlarni ma'muriy yöllar bilan köpaytiriş rejasi umuman yöq. Yangi texnologiya va qulayliklar yaratiş bilan raqobat kuçayib boradi. Kartani majburlab tiqiştiriş davri ötib ketdi, hozir heç kimni özi istamagan işga majburlab bölmaydi. Kartani ham, iloji bölsa, uyiga çiroyli konvertda eltib beriş kerak.

Qisqa muddatda yarim million foydalanuvçi qanday paydo böldi?