Samsung Electronics kompaniyasi ikkita yangi flagman smartfoni – Galaxy Note 10 va Galaxy Note 10+ taqdimotini ötkazdi. Taqdimot 7 avgustda Nyu-Yorkda bölib ötgan, uni videoyozuvi Samsunğning YouTube-kanalida e'lon qilingan. 

Galaxy Note 10 smartfoni diagonali 6,3 dyuymli va körsatiş qobiliyati 2280 nuqtaga 1080 nuqtali, 10+ esa 6,8 dyuymli va körsatiş qobiliyati 3040 nuqtaga 1440 nuqtali ekran olgan.

Ikkala model ham 4 ta modulli asosiy kamera va old kamera bilan jihozlangan, biroq Galaxy Note 10+’da qöşimça 3D-kamera ham böladi.

Note+’ning tezkor xotirasi 12 Gbni, Note 10’niki esa 8 Gbni taşkil qiladi. Şuningdek, ikkala qurilma ham 256 Gb içki xotira bilan ta'minlanadi.

Yangi qurilmalarda köp funksiyalikka va xavfsizlikka urğu berilgan. Ikkala model ham 4G/LTE va 5G tarmoqlarida işlay oladi.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, qurilmalar öta tezkor rejimda quvvatlanadi va ularning töliq quvvatlanişi uçun yarim soatgina talab etiladi. Şuningdek, qurilmalarning akkumulyatorlari siğimi Note 10 uçun 3500, Note 10+ uçun esa 4300 mA-soatni taşkil qiladi.

Smartfonlar 23 avgustdan 949 va 1099 dollardan sotuvga çiqariladi.