Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda köp va xilma-xil. Bu kasalliklarning ba'zilari (revmatizm, miokardit va boşqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (masalan, tromboflebit), boşqalari butun yurak-qon tomir tizimini şikastlaydi (gipertoniya kasalligi).
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari dunyo böyiça hozirgi kunga qadar nogironlik va ölimning asosiy sababi ekanligiça qolmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, barça ölim holatlarining 56 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib çiqadi. Yevropa mamlakatlarida yurak-qon tomir kasalliklari yiliga 4,3 mln (48%) aholi ölimiga sababçi böladi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, Özbekiston Respublikasida 2019 yilning yanvar-iyun oylarida vafot etgan fuqarolarning 62,1 foizi holatda aynan qon aylaniş tizimi kasalliklari sabab qilib körsatilgan.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari insonning turmuş tarzi va mavjud xavf omillari bilan uzviy boğliq. Köpgina xavf omillari turmuş tarzini özgartiriş orqali nazorat qilinsa, ayrimlari (arterial gipertoniya, dislipidemiya va qand miqdori) medikamentoz yöli bilan korreksiya qilinadi.
Aynan yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan oğrigan bemorlar va bu turdagi kasalliklarga qarşi profilaktika ötaşni istaganlar uçun Janubiy Koreyadagi köp tarmoqli Seul Samsung Medical Center klinikasidan professor Li Sang Çul Toşkentga yaqinda taşrif buyurdi va «Özingni Angla» körsatuvida iştirok etdi.

Körsatuvda professor yurak kasalliklari turlari, qon tizimi sohasidagi xavfli holatlar va belgilar haqida ma'lumot, şuningdek, sanab ötilgan muammolarning oldini oliş haqida ham öz maslahatlarini berdi.
E'tiborlisi professor Li Toşkentdagi Himedi konsultatsiya markazida ham yurak kasalliklari va zamonaviy davolaş usullari böyiça öz maslahatlarini berdi. Ularning ayrimlari bilan tanişamiz:
Kardiomiopatiya - miokardning birlamçi şikastlanişi bilan boğliq kasalliklar bölib — yurak-tomir kasalliklari, arterial gipertoniya, orttirilgan va tuğma yurak poroklari bölmagan holda yurak muşaklarida tizimli va funksional salbiy özgarişlar mavjudligi hisoblanadi.














