Bundan 40 yil avval özbek futboli oğir judolikka uçragan va «Paxtakor» jamoasi aviahalokatga uçragandi. 1979 yilning 11 avgustida sodir bölgan bu voqea mamlakatdagi barça futbol muxlislariga qattiq zarbadek ta'sir qiladi. Axir köz oldingizdagi sevimli jamoangizda öynagan futbolçilar halokatga uçraşini tasavvur qilib köring...

Öşandan buyon har yil 11 avgustda özbek xalqi «Paxtakor»ning öşa ajoyib jamoasini yodga oladi, xotirlaydi. Özbek futbolida 1979 yildagi «Paxtakor»dan yaxşiroq jamoa oldin ham bölgandir, keyin ham ulardan zör jamoa çiqqandir, ammo öşa halokatga uçragan futbolçilar muxlislar yuragining bir parçasini ham özlari bilan samolarga olib ketişgan. Biz yoşlar öz otalarimiz, yoşi katta muxlislardan u jamoa öyinlari, halokatga uçragani haqidagi xotiralarni eşitib katta böldik. Biz har qança gapirmaylik, «Paxtakor»-79`ning haqiqiy muxlislari kabi hammasini tasavvur qila olmaymiz. Şu bois özbek futbolining ajoyib yigitlari haqida öşa jamoaning asl muxlislari gapirgani yaxşiroq.

«Paxtakor» u vaqtda Özbekistonning birinçi raqamli jamoasi bölgan. U vaqtlar milliy jamoa bölmagani sabab aynan «Paxtakor» millat jamoasi sifatida qaralgan. Bu jamoani butun mamlakatda yaxşi körişgan. Özbekistondagi barça şaharlar uçun «Paxtakor» boş jamoa bölgan.

Samarqandlik muxlislar halokatga uçragan «Paxtakor» jamoasini qanday eslaşi bilan qiziqib, futbolning uzoq yillik muxlislari bilan uçraşdik. Sözga çeçan bölmagan bu muxlislar öşa halokatni qanday eslaşlari haqida hikoya qilişdi.

Birinçi manzilimiz «Dinamo» stadioni böldi. Bu yerda 57 yildan buyon «Dinamo» stadioni maysasini parvariş qiluvçi Sadri bobo işlaydi. Bir kun oldin 75 yoşini nişonlagan Sadri bobo hamon «Dinamo» stadionida işlaydi. Avvalo kameraga gapirişni qoyillatmasligini aytgan bobo öşa «Paxtakor»ni Samarqandda yiğin ötkazgan vaqtda körganini aytdi. 57 yildan buyon «Dinamo» stadioni maysasini parvariş qiladigan bobo «Paxtakor» haqidagi noxuş xabarni ham stadionda eşitgan...

Keyingi manzilimiz Samarqandning Andijoni mahallasi böldi. Bu yerda yaşaydigan köp yillik futbol muxlisi Bahodir boboni köpçilik taniydi. Dunyoning köplab mamlakatlariga sayohat qilib, butun umr sport bilan yaşayotgan bu inson uyida futbol muzeyi taşkil qilgan. U kişi «Paxtakor»ning öyinlarini köriş uçun boşqa mamlakatlarga ham borgan.