Nestle kompaniyasining Yaponiyadagi bo‘linmasi KitKat shokoladlarining plastik qadog‘ini qog‘oz qadoqlarga almashtirishini e'lon qildi. Kompaniya qadoqlarni 2019 yil sentyabrdan almashtirishni boshlaydi, deb yozadi Japan Today.

Nashrning qayd etishicha, xaridorlar qog‘oz qadoqlardan origamilar yasashlari hamda qadoqlarga o‘z tilaklarini yozishlari mumkin bo‘ladi.

Nestle Japan 2025 yilga kelib qayta ishlash mumkin bo‘lgan qadoqlardan foydalanishga to‘liq o‘tmoqchi.

Kompaniya shuningdek, o‘zining boshqa mahsulotlari qadoqlarini ham almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.