“Özbekiston — buyuk yöllar va sivilizatsiyalar çorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” Madaniy meros haftaligi iştirokçilari 23 avgustda Islom madaniyati markaziga taşrif buyurib, dunyodagi birinçi Qur'onlardan birlarini körişlari mumkin böladi.
Haftalik mehmonlari Özbekiston musulmonlar idorasiga taşrif buyurib, u yerda butun islom dunyosining ulkan boyligi – Usmon Qur'oni va Katta Langar Qur'oni bilan tanişişadi.

Usmon Qur'onini körgani Toşkentga har yili dunyoning köplab davlatlaridan yuz minglab musulmonlar va sayyohlar kelişadi. Usmon Qur'oni Qur'oni Karimning saqlanib qolgan eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. 1997 yilda YuNeSKO uni “Dunyo xotirasi” röyxatiga kiritgan.
Şuningdek, Katta Langar Qur'oni ham islom dini va musulmonlar uçun ulkan diniy ahamiyatga ega. Bu qadimiy kitob butun insoniyatning madaniy va tarixiy merosini taşkil qiluvçi qadriyatlarga kiradi.
Mutaxassislarning baholaşiça, Katta Langar Qur'onining umumiy hajmi 206 sahifadan iborat bölgan bölişi mumkin. Bugungi kunda uning faqatgina 97 sahifasi saqlanib qolgan. Ayni vaqtda uşbu noyob qadimgi qölyozmaning qolgan yarmi taqdiri noma'lum qolmoqda.










