O‘zbekiston | 08:40 / 14.08.2019
16876
3 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida yer uchastkalari bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi

Sirdaryoda yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar huquqiy eksperimentning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

qonuniylik, ixtiyoriylik, haq to‘lash, xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obektlarining birligi, yer uchastkalarini xususiylashtirishning ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarining samaradorligini aniqlash;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish mexanizmlarini amalda qo‘llash samaradorligini baholash;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolatlarini ularning amaliy samaradorligi, tartibga solinadigan munosabatlar sohalarini to‘liq qamrab olinishi jihatidan monitoring o‘tkazish;

ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish va aholini biznes bilan shug‘ullanishga jalb qilish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda Qonunning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan zarur hujjatlar, shu jumladan, Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni qabul qiladi;

ikki oy muddatda Sirdaryo viloyati hududlarining rejalashtirish sxemasi tasdiqlanishini ta'minlaydi;

ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi o‘rtasida huquqiy eksperiment amaliy ijrosining borishini muntazam ravishda yoritib boradi;

huquqiy eksperiment natijalariga ko‘ra, 2020 yil 5 fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid