Asrlar davomida insonlar sutka davomiyligini Yerning aylanişiga qarab belgilab kelgan. Ilgari bir soniya Quyoş sutkasining 1/86 400 qismi sifatida qabul qilingan.
Biroq XX asrning 1960-yillarida juda aniq atom soatlari paydo bölişi bilan vaqtni ölçaş usuli özgardi. Bunday soatlarda vaqt seziy atomlarining tebranişlari orqali aniqlanadi.
Hozirgi taʼrifga köra, bir soniya - seziy-133 atomi bilan boğliq 9 192 631 770 ta tebraniş davriga teng vaqt. Şu asosda ölçanadigan vaqt atom vaqti deb ataladi.
Nega kabisa soniyasi kerak edi?
1972-yildan dunyoda UTC - muvofiqlaştirilgan jahon vaqtidan foydalaniladi. U atom soatlariga asoslangan, biroq amalda Yerning aylanişiga boğliq astronomik vaqtdan juda uzoqlaşib ketmasligi uçun vaqti-vaqti bilan tuzatib turiladi.
Muammo şundaki, Yer mutlaqo bir xil tezlikda aylanmaydi. Uning aylaniş surʼati turli davrlarda biroz tezlaşişi yoki sekinlaşişi mumkin.
Şu sabab atom vaqti bilan Yerning haqiqiy aylanişi asosidagi vaqt örtasida farq paydo böladi.
Bu tafovutni töğrilaş uçun UTCga kabisa soniyasi - qöşimça bir soniya kiritib kelingan.
1972-yildan beri bunday qöşimça soniya 27-marta kiritilgan.
Ammo endi Yer tezroq aylanmoqda
Sönggi yillarda vaziyat özgargan. Yer ayrim davrlarda oldingiga nisbatan tezroq aylana boşlagan.
Natijada muammoni töğrilaş uçun endi qöşimça soniya qöşiş emas, aksinça bir soniyani olib taşlaş, yaʼni “manfiy kabisa soniyasi”ni joriy qiliş zarurati tuğilişi mumkin.
Bunday holat tarixda hali biror marta kuzatilmagan.
Şuning uçun mutaxassislarning xavotiri asosan vaqtning özi bilan emas, zamonaviy texnologiyalar bilan boğliq.
Nega bir soniya katta muammo bölişi mumkin?
Bir soniya inson uçun deyarli sezilmaydi. Ammo kompyuter tarmoqlari, telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar bazalari, moliyaviy tizimlar va sunʼiy yöldoş navigatsiyasi kabi sohalarda vaqtni juda yuqori aniqlikda sinxronlaştiriş muhim ahamiyatga ega.
Manbada aytilişiça, köplab dasturiy tizimlar kabisa soniyasi faqat qöşilişi mumkin, degan mantiq asosida işlab çiqilgan.
Yaʼni dasturçilar bir soniyani global vaqtdan olib taşlaş holatini umuman nazarda tutmagan bölişi mumkin.
Şu sabab tarixda birinçi marta “manfiy kabisa soniyasi”ni joriy qiliş ayrim kompyuter va kommunikatsiya tizimlarida keng kölamli nosozliklarga olib kelişi mumkinligidan xavotir bor. Sunʼiy yöldoş navigatsiyasi ham xavfli sohalardan biri sifatida tilga olingan.
Taklif: atom vaqti Yerdan “mustaqil” bölsin
Muammoni hal qiliş uçun olimlar boşqaça yondaşuvni taklif qilmoqda.
Unga köra, atom vaqti bilan Yerning aylanişi asosidagi Quyoş vaqti örtasidagi farqni har safar bir soniyadan töğrilab borişdan voz keçiş mumkin.
Boşqaça aytganda, atom vaqtiga Yerning aylanişiga qarab doimiy “tuzatiş” kiritiş töxtatiladi.
Şunda ikki vaqt tizimi asta-sekin bir-biridan farq qila boşlaydi.
The Times maʼlumotiga köra, kelajakda farq juda katta bölib ketgaç, uni bir soniya emas, balki birdaniga “kabisa soati” orqali töğrilaş ğoyasi ham muhokama qilinmoqda.
Biroq bu yaqin kelajak muammosi emas. Manbada keltirilişiça, atom vaqti bilan Quyoş vaqti örtasidagi tafovut bir soatga yetişi uçun taxminan ming yil kerak bölişi mumkin.
Qaror oktabrda körib çiqiladi
Masalaning taqdiri oktabr oyida Versalda ötadigan xalqaro yiğilişda hal qilinişi mumkin.
Agar taklif qabul qilinsa, yangi tartib 2027-yil 20-maydan amal qila boşlaşi mumkin.
Şundan keyin UTCga kabisa soniyalarini kiritiş töxtatiladi va atom vaqti bilan Yerning aylanişiga asoslangan Quyoş vaqti örtasidagi farq asta-sekin ortib boradi.
Şu tariqa, vaqtni ölçaş tarixida muhim buriliş yuz berişi mumkin: insoniyat asrlar davomida soatni Yerning aylanişiga moslaştirgan bölsa, yangi tizimda yuqori aniqlikdagi atom vaqti ustuvor bölib, Yerning notekis aylanişiga har safar alohida tuzatiş kiritiş amaliyotidan voz keçilişi mumkin.












