Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorij investorlari O‘zbekistonda qanday qiyinchiliklarga duch kelishayotgani ma'lum qilindi
Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan USAID’ning Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlari yaratish loyihasi (CTJ) doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistondagi investitsion muhit rivojidagi to‘siqlar, ularni bartaraf etish borasida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Durbek Axmedov respublikaga kirib kelayotgan xorij investorlarining fikrini o‘rganib, ularni quyidagi masalalar qiynab kelayotganini ma'lum qildi:
· mahalliy va xorij investorlari o‘rtasida o‘zaro muloqot yetishmasligi;
· ma'lum hududga oid ishonchli statistik ma'lumotlar yo‘qligi;
· byurokratik to‘siqlar, kafolatlanmagan mulk daxlsizligi;
· infrastrukturaviy muammolar;
· beqaror biznes muhiti;
· investitsion loyihalarning sifat darajasi.

Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, 2050 yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish kerak. Undan tashqari, soliq tizimini tubdan o‘zgartirish, ma'muriy to‘siqlarni olib tashlash, huquqiy normalarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, mahalliy tadbirkorlar va hokimiyat organlari aloqasi mustahkamlanishi, biznes etika, korporativ boshqaruv hamda jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishlarida tizimli islohotlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:37 / 09.04.2026
2,4 mlrd dollarlik aktivlarga ega Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO o‘tkazishini e’lon qildi
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
12:53 / 07.04.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi
18:31 / 02.04.2026