Özbekistonda “LYUBAYA BIZNES XOROSHA” nomli yuridik şaxs taşkil etildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

DXA xabarida aytilişiça, Özbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan, yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik faoliyati sub'yekti firma nomiga bölgan huquqqa ega, bu nomni uning özi mustaqil ravişda belgilaydi va öz ta'sis hujjatlarida körsatadi.

Mas'uliyati çeklangan jamiyatni davlat röyxatidan ötkazişni 2 ta usul bilan amalga oşiriş mumkin:

- my.gov.uz yoki fo.birdarcha.uz orqali;
- Davlat xizmatlari markazlariga taşrif buyurgan holda.

Yuqorida nomi qayd etilgan MÇJ davlat röyxatidan ötkazilgan. Ammo mazkur jarayon Davlat xizmatlari markazlari orqali emas, balki tadbirkorning özi onlayn tarzda fo.birdarcha.uz sayti orqali amalga oşirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomning 9-bandiga asosan, mas'uliyati çeklangan jamiyatni davlat röyxatidan ötkaziş uçun ariza beruvçi özining şaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik sub'yektining şaxsiy kabineti”dan erkin foydalaniş imkoniga ega bölgandan söng:

-  “biznesni röyxatdan ötkaziş” — davlat xizmatini tanlaydi;
-  tadbirkorlik sub'yektlari — yuridik şaxslarga tegişli sörovnomani şakllantiradi;
-  sörovnoma şakllantiriş jarayonida ariza beruvçi tomonidan firma nomini tanlaş va bir xilligining tekşirilişi Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oşiriladi;
-  sörovnomaga davlat tilidagi ta'sis hujjatlari (ariza beruvçi ta'sis hujjatlarini öz ixtiyoriga köra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy şakllar asosida yoki boşqa şakllarda rasmiylaştiriş huquqiga ega) ilova qilinadi;
-  sörovnoma oxiriga yetganidan söng davlat boji tölovi amalga oşiriladi.

Ma'lumot tariqasida, Özbekiston Respublikasi “Firma nomlari töğrisida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat taşkilotining qisqartirilgan yoki töliq nomi;
2) tarixiy yoki Özbekiston Respublikasida maşhur bölgan şaxsning töliq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;