“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti” va “S 707” MÇJ mansabdor şaxslarining jinoyat işi böyiça tergov yakunlanib, iş sudga oşirilmoqda. Bu haqda boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Şamsutdinovga köra, jinoyat işi böyiça Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakuniga yetkazilgan. Tergov yakunida uçala jamiyatning moliyaviy-xöjalik faoliyatini olib borgan 2 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov e'lon qilinib, jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuborilmoqda.

Aytiş joizki, ayblov aynan qaysi moddalar böyiça e'lon qilingani hozirça noma'lum.

Ma'lumot uçun, mazkur jinoyat işi JKning 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) 1-qismi, 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş) 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) 1-qismi bilan qözğatilgan edi.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 2019 yildagi intervyularidan birida aytgan “Lyubaya biznes xorosha” jumlasi ommalaşib ketgan edi. 2019 yil 16 avgustida Toşkent şahrida “Lyubaya biznes xorosha” MÇJ yuridik şaxs sifatida, ulgurji savdo bilan şuğullaniş maqsadida röyxatdan ötkazilgan.