«Lyubaya biznes xorosha» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Hayot Şamsiddinov xabar berdi.

Qayd etilişiça, «Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boşqa MÇJlar mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi Jinoyat kodeksining 179- (Soxta tadbirkorlik), 184- (Soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş), 189-moddalari (Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) bilan qözğatilgan.

«Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovga aralaşiş va tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi», deya qayd etiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning may oyida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning Alter Ego dasturiga bergan intervyusida aytgan «Lyubaya biznes xorosha» jumlasi ijtimoiy tarmoqlarda ommalaşib ketgandi. 2019 yil 16 avgustida Toşkent şahrida «Lyubaya biznes xorosha» MÇJ yuridik şaxs sifatida, ulgurji savdo bilan şuğullaniş maqsadida röyxatdan ötkazilgan.

Bu korxona maişiy elektr tovarlar ulgurji savdosi bilan şuğullangan. Ustav fondi 3 mlrd söm bilan tadbirkorlik faoliyatini boşlagan «Lyubaya biznes xorosha» MÇJ nomi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bölgandi.