Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi rahbari özgardi.
Bugun bölib ötgan navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi qatnaşçilari taşkilot raisi Uluğbek Mirhaydarovning iste'fo haqidagi arizasini ma'qullaşdi.

Uning örnini bunga qadar assotsiatsiya raisining örinbosari lavozimida işlab kelgan Muxtorxon Maxsudoviç Toşxöjayev egalladi.
«Ovoz beriş jarayonida barça bir ovozdan yangi nomzodni ma'qulladi va Muxtorxon Toşxöjayev Özbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar etib saylandi», – deyiladi Milliy olimpiya qömitasi xabarida.

«Avvalo, menga bildirilgan işonç uçun hammaga rahmat. Oldimizda Tokio-2020 Paralimpiya öyinlaridek mas'uliyatli musobaqa turibdi. Rioda qayd etilgan natija tasodif emasligini isbotlaş uçun barçamiz birgalikda harakat qilamiz.
Jamoaning hamjihatligisiz heç narsaga erişib bölmaydi. Umid qilamanki, barçamiz bir jamoa bölib, oldimizga qöyilgan vazifalarni ado etamiz», – dedi Toşxöjayev.
Milliy olimpiya qömitasida bölib ötgan yiğilişda qömita vitse-prezidentlari Aziz Komilov va Saken Polatov, şuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Kasimov ham qatnaşdi.


«Tadbir yakuniga yetgaç, barça Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida jam böldi. Bu yerda MOQ prezidenti Rustam Şoabdurahmonov Paralimpiya assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportçi va trenerlar bilan suhbatlaşdi. MOQ prezidenti uçraşuv davomida taşkilot a'zolariga yangi rahbarni yana bir bor taniştirib, M.Toşxöjayevga faoliyatida omad tiladi», – deyiladi rasmiy xabarda.











