Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov davrida Toşkent yaqinidagi BBP-CM yadroviy tadqiqot reaktorini yopişni rejalaştirişgandi, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi boş direktori örinbosari Mixail Çudakov.
«Avvalgi prezident (Islom Karimov – tahr.) davrida elçi keldi. U bu reaktorni yopiş zarurligiga meni işontirmoqçi böldi va uni yopiş uçun pul topişni söradi. Unga bunday qilmaslik kerak, sizlar yadroviy davlatsizlar. Ertami-keçmi albatta atom energetikasiga ötasizlar. Uni aslo yopmaslik kerak deb aytdim. Uni bu katta xato ekanligiga işontirişga bir soat vaqtim ketdi», – dedi Çudakov.
Çudakov Özbekiston ulkan yadroviy energetika yaratiş borasida töğri qaror qabul qilganini e'tirof etdi.
«Bu öziga xos energiya manbai. Xalqaro atom energiyasi agentligi Özbekistonda mavjud bölgan 19ta yönaliş böyiça yadroviy infrastrukturani mustahkamlaşga yordam beradigan qator dasturlarga ega. Men atom energetikasining muqobili yöqligiga işonaman», – dedi u.
Mixail Çudakov boşçiligidagi delegatsiya duşanba kuni Toşkentga keldi. U ertalab Özbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida böldi va Özbekiston energetika vaziri Alişer Sultonov bilan muzokara ötkazdi.
Eslatib ötamiz, quvvati 2 MVt bölgan yadroviy tadqiqot reaktori 1959 yilda işga tuşirilgan. 1971 yilda yadro reaktorining yangi faol hududi sinovdan ötkazilgan va uning quvvati 10 MVtgaça yetgan.











