Xitoy suvdan foydalanadigan an’anaviy elektr stansiyalaridan farqli ravişda sovutiş uçun gazdan foydalanadigan dunyodagi birinçi törtinçi avlod yadro reaktorini işga tuşirdi.
Şandun provinsiyasida qurilgan elektr stansiyasi suv emas, gaz bilan sovutiladigan ikkita yuqori haroratli reaktordan quvvat işlab çiqaradi.
Hozirgi vaqtda suv bilan sovutiladigan reaktorlar butun dunyo böylab işlaydigan reaktorlarining 95 foizdan ortiğini, gaz bilan sovutilgan reaktorlar esa taxminan uç foizni taşkil qiladi.
Gaz bilan sovutilgan reaktorlarga qiziqiş global miqyosda ortib bormoqda, çunki ular samarali va tejamkor elektr energiyasini ta’minlaydi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) ma’lumotlariga köra, bunday kiçik modulli reaktorlar vodorod işlab çiqariş, dengiz suvini şörsizlantiriş va tumanlarni isitiş kabi sanoat dasturlari uçun yuqori haroratli texnologik issiqlikni ham işlab çiqişi mumkin.
Xitoyning Şidao körfazidagi reaktor tijorat maqsadlarida qurilgan dunyodagi birinçi gaz bilan sovutilgan atom elektr stansiyasidir. U geliy bilan sovutiladi va 750 darajagaça yuqori haroratga erişa oladi.
Stansiya qurilişi 2012 yilda boşlangan va uning birinçi reaktori 2021 yilda mamlakat elektr tarmoğiga ulangan. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bunday reaktorlar ixçam arxitekturasi va modulli dizayni tufayli quriliş vaqtini va xarajatlarini kamaytiradigan energiya ötiş davrida mamlakatlarga yordam berişda ham muhim rol öynaşi mumkin.
Xitoy allaqaçon atom energiyasini işlab çiqariş böyiça jahon yetakçisi bölişga intilmoqda va 2035 yilga borib uşbu turdagi elektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqariş uluşini 10 foizga yetkazişni közlamoqda.











