O‘zbekiston | 08:34 / 21.08.2019
46652
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?

Foto: KUN.UZ

Qonunchilikka ko‘ra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni  kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bunday holatlar:

jinoyatlarga va ma'muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;

jinoyatlar yoki ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;

ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.

Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar berishi shart.

Mavzuga oid