Rohingya musulmonlari Yevropa kengaşi (ERC) rakhaynlik qoçqinlarning Myanmaga ular uçun barça zarur şaroitlar ta'minlanmasidan qaytişidan xavotir bildirdi.
ERC xabarida aytilişiça, Myanma hukumati zöravonliklardan qöşni Bangladeşga qoçgan millionga yaqin rakhaynlik qoçqinlarning qaytişi böyiça şaffof rejani taqdim qilmagan.
Ta'kidlanişiça, Myanma hukumati zarur şaroitlar yaratmasdan faqatgina 3500 qoçqinga vataniga qaytişga ruxsat bergan.
Myanmada hamon rakhaynlik musulmonlar huquq va erkinliklari çeklanmoqda. Bunday şaroitda ularning Rakhaynga qaytişi ilojsizdir. Xabarda ta'kidlanişiça, yuzlab rohingya musulmonlari Bangladeş hududidagi qoçqinlar lagerlarida qolmoqda.
Şu sababi kengaş Bangladeşni, BMTning qoçqinlar işlari böyiça oliy komissarini va boşqa tomonlarni musulmonlarning Myanmaga xavfsiz va adolatli qaytişini ta'minlaşga çaqirdi.
Şuningdek, kengaş rohingya musulmonlarini birlaşişga va Myanma hukumatining yolğon va'dalariga işonmaslikka çaqirgan.
1970-yillardan beri rohingya musulmonlari Myanmada etnik tozalaşlar va muntazam tahqirlaşlarga uçrab keladi. Myanma musulmonlarining 80 foizi – 2 mlnga yaqin kişi qöşni davlatlarda boşpana topişga majbur bölgan.
Ayni vaqtda Myanmada 300 mingga yaqin musulmon qolgan bölib, ulardan aksariyati Bangladeşda yaşirinişga harakat qilib keladi.








