Bu savolni köpçilik öziga berişi mumkin. Lekin aniq javobni topiş biroz muşkul. Sababi, biron bir kişining sizdan özini olib qoçişiga köplab omillar ta'sir etadi. Bir tasavvur qiling, qandaydir muhim uçraşuvga yöl oldingiz. Sönggi urfdagi libosdasiz, körinişingiz ham a'lo darajada. Lekin negadir siz bilan suhbatlaşayotgan inson özini noqulay his eta boşladi.

Xöş, bunga nima sabab böldi deb öylaysiz? Yoqimsiz hid! Ha, aynan sizga ğayrioddiy bölib tuyulişi mumkin bölgan holat atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlari özgarişiga olib keladi.
Badböy hid juda köp hollarda insonga pand beradi: işda hamkasblar bilan muloqotda, döstlar bilan suhbat çoğida, köçada jamoat transportlarida harakatlanganda va hattoki, uyda yaqinlaringiz orasida ham.
Tabiiydek köringani bilan kuçli terlaş insonga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Öz vaqtida badböy hid bartaraf etilmasa, undan xalos böliş qiyinlaşib boraveradi.
Terlaşdan himoyalanişning biz bilgan juda ham oson usullari mavjud: öz vaqtida yuvinib turiş, toza kiyimlar kiyiş, kundalik kiyimlarni tez-tez almaştiriş va albatta, yaxşi, sifatli dezodorant vositalaridan foydalaniş.

Siz terlaşga qarşi antiperspirant olayotganda uning sifati va ta'siriga e'tibor berasizmi? Aksariyat hollarda, xaridorlar ularning tarkibi va xususiyatlarini inobatga olmay sotib olişadi.
Odatiy dezodorantlardan antiperspirantlarning farqi şundaki, ular ter ajralişini sezilarli darajada kamaytiradi (dezodorant esa şunçaki hidni boşqaça taralişiga xizmat qiladi).
Joriy yilda bozorlarimizga kirib kelgan ECO DRY antiperspiranti ayniqsa jazirama yoz oyida köplab insonlarning xaloskoriga aylandi. U heç qanday xavfli kasallik qözğatmaydi va insonni badböy hiddan hamda haddan ziyod terlaşdan yaxşi himoya qiladi.
Şuningdek, ECO DRY universal vosita bölib, tananing barça terlaydigan qismi (kökrak, qöltiq osti, qöl kafti, oyoq)ga mos keladi. Şuningdek, siz uni sepgaç, har qanday kiyimlarni bemalol kiyişingiz mumkin. Duş qabul qilganda ham qayta qöllaşga ehtiyoj sezilmaydi, sababi u öz ta'sirini uzoq vaqtgaça yöqotmaydi.












