Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Nukusda yig‘ilish o‘tkazmoqda. Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari tanqidga uchradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, shahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda.
«Barcha soha va hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham ijobiy sifat o‘zgarishlari ta'minlanmoqda. Birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot 7,2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 foizga, qurilish ishlari hajmi 45 foizga o‘sgan.
Prezidentimiz hududda hali jiddiy muammolar ko‘pligini, sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar yetarli emasligini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Bu yerga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko‘zini ko‘rish uchun keldim. Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari oyog‘imizga kishan. Ishga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoshlarni kim yetaklaydi, to‘g‘ri yo‘nalish beradi? Mo‘ynoq misolida ko‘rdilaringiz. Odamlarning ko‘zlarida «qilsa bo‘lar ekan-ku» degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda shunday o‘zgarishlar qilish kerak», degan Shavkat Mirziyoyev.
Birinchi yarim yillikda Qoraqalpog‘istonda sanoat ishlab chiqarish hajmi atigi 0,5 foizga o‘sgani, Taxtako‘pir, Shumanay, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yo‘qligi tanqid qilindi. Xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik rivoji ham sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Oxirgi uch yil mobaynida tub islohotlar natijasida ko‘plab sohalarni erkinlashtirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan cheklovlarni bekor qildik. Qoraqalpog‘istonda ham har bir sektor rahbari cheklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, shior bilan ishlashi kerak», - deya ta'kidlagan Prezident.

Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025