O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 va OK-2023 qo‘shma saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi.
Ro‘yxatdan 24 futbolchi o‘rin olgan.
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Dinamo»).
Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi» – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Davron Xoshimov («Lokomotiv»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).
Yarimhimoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG» - Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK» – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu» - Malayziya), Doston Ibragimov («Qizilqum»), Quvondiq Ro‘ziyev («Qo‘qon-1912»), Doston Hamdamov («Paxtakor»).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov» – Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»).

O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, Ektor Kuper boshchiligidagi jamoa 28 avgust – 3 sentabr kunlari Toshkentda mashg‘ulot olib boradi.
Falastin bilan o‘yin 5 sentabr, payshanba kuni Quddusga tutash Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi. Falastin milliy jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faysal Al-Husayni» stadionidagi bahs mahalliy vaqt bilan soat 17:00, Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, saralashning «D» guruhidan Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman termalari ham o‘rin olgan. 2-tur 10 sentabr kuni O‘zbekistonning ishtirokisiz o‘tadi.
JCh-2022 saralashi. O‘zbekiston joy olgan «D» guruhi o‘yinlari taqvimi: so‘nggi turda favoritlar to‘qnashuviMa'lumot uchun, joriy saralash – O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionati yo‘lidagi 6-urinishidir. Bundan avvalgi beshta urinishning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
1997 yildan buyon mundial uchun kurashib kelayotgan O‘zbekiston JCh saralashlarida jami 94 ta o‘yin o‘tkazgan.















