Yuridik nuqtai nazardan kvartirani qayta rejalashtirishga rekonstruksiya sifatida qaraladi. Binodagi o‘zgarishlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat kadastri DKda ro‘yxatga olish zarurmi, deb yozadi Norma eksperti Oleg Gayevoy.
Amaliyotda ko‘pchilik bu savolni juda kech, ish bajarilgandan keyin beradi, deya ta'kidladilar Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida. Ro‘y bergan o‘zgarishlarni DKda ro‘yxatga olish “qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish” deb nomlanadigan tartib-taomil doirasida amalga oshiriladi, lekin undan oldin kvartirada qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun kelishish va ruxsatnoma olishga qaratilgan qator taomillar amalga oshirilishi lozim.
Yaqinda tartiblar o‘zgardi hamda hozirgi kunda rekonstruksiya qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi 370-son qaroriga amal qilish lozim. Yangi qoidalarning asosiy farqi shundaki, endi turli instansiyalar bo‘ylab yugurishga hojat yo‘q. Barcha ruxsatnomalarni kvartira joylashgan joy bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda olish mumkin. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda buni uydan chiqmay bajarish ham mumkin. Zarurat bo‘lganda zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga mas'ul bo‘lgan organlar mutaxassislari o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib, rekonstruksiya qilinadigan binoni o‘rganish uchun joyiga boradilar. Shuning uchun, davlat xizmati uchun murojaat qilganda so‘rovnomani to‘ldirganda telefon raqamini xatosiz ko‘rsatish muhim hisoblanadi.
№ | Tartib-taomil | Qanday hollarda mazkur tartib-taomildan o‘tish zarur | Murojaat qilgandan keyin qanday harakatlar kutiladi |
1 | Obektni rekonstruksiya qilish (qayta rejalashtirish) uchun ruxsatnoma olish |















