Bangladeşdagi qoçqinlar lagerlaridagi rohingya musulmonlari Myanmaga qaytarilişlariga qarşi çiqişmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Qoçqinlar Myanma hukumati ularga fuqarolik va xavfsizlik kafolati berişini talab qilişmoqda.
“Birorta rohingya talablar qondirilmagunça qaytişni istamayapti”, deb aytgan jurnalistlarga Bangladeş vakili Abulqalam Abdulmömin. Uning aytişiça, Bangladeş hukumati va BMT tomonidan sörov qilingan 295 ta oiladan birortasi Myanmaga qaytişga rozi bölmagan.
Ayni vaqtda Bangladeşdagi qoçqinlar lagerlarida Myanmadan harbiylar ta'qibidan qoçgan 700 mingga yaqin rohingya musulmoni bor.
Avvalroq Myanmada rohingya musulmonlarining qaytişi uçun zarur şaroitlar hamon yaratilmagani ma'lum qilingandi.








