Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«El-yurt taqdiriga loqaydlik - bu sotqinlikdan ham yomon». Prezident qator tashkilotlarni tanqid qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni ta'lim tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, yig‘ilishda ayrim maktablardagi poraxo‘rlik, tamagirlik haqida ham so‘z yuritildi.
«Yana bir masala - hozirgi vaqtda ayrim maktablarda budjet mablag‘laridan noto‘g‘ri foydalanish, poraxo‘rlik, tamagirlik ko‘rinishlari uchrab turibdi. Bu haqiqatni afsus va nadomat bilan aytishga majburmiz. Maktab tizimi bilan bog‘liq g‘oyat muhim masalalarni hal qilish uchun keng jamoatchilikning ishtiroki zarur. Bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak.
Afsuski, «Mahalla» va «Nuroniy» kengashlari, xotin-qizlar qo‘mitalari, deputatlar, Yoshlar ittifoqi, siyosiy partiyalar maktab muammolari bilan yaqindan va jiddiy shug‘ullanayotgani yo‘q. Holbuki, ularni yechish bo‘yicha aynan shu tashkilotlar jonbozlik ko‘rsatishi zarur. Ustozni kim ulug‘lashi, el-yurtga kim tanitishi kerak? O‘zini shu sohaga mas'ul deb biladigan barcha ziyolilarimiz emasmi? Axir, dunyoda, yon-atrofimizda qanday keskin raqobat, g‘oyaviy, mafkuraviy kurash ketmoqda! Shunday murakkab bir vaziyatda haqiqiy ziyolining qo‘l qovushtirib, tomoshabin bo‘lib o‘tirishga haqqi bormi?
Takror aytaman, el-yurt taqdiriga loqaydlik - bu sotqinlikdan ham yomon. Bunday salbiy illatlarga ayniqsa muqaddas ta'lim dargohlarida mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026