Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap» - Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar davlatning faxri ekanini aytdi
23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchilarning o‘rnini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident xususiy maktablarga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgani, ularning bitiruvchilari attestat olishiga ruxsat etilganini aytdi.
«Shu o‘rinda fransuz adibi Viktor Hyugoning bir gapini sizlarga eslatmoqchiman: «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap». Bu nima degani? Maktab, ta'lim, tarbiya bor joyda bolalar yomon yo‘lga kirmaydi, jinoyat sodir etmaydi. Demak, qamoqxonalarga zaruriyat qolmaydi. Shularga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman, nafaqat maktab ochgan balki maktabda fidoyi bo‘lib ishlagan har bir o‘qituvchi, har bir ustoz ham ana shu sharafli maqomga munosib deb aytmoqchiman.
Hurmatli o‘qituvchilar, jonkuyar maktab direktorlari, soha faxriylari, biz sizlarni el-yurtning tayanchi va suyanchi deb bilamiz. Sizlar bilan doimo faxrlanamiz», — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri..
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
22:49 / 30.05.2026