Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida Quyi Çotqol GES poydevoriga birinçi ğişt qöyildi.
Inşoot 60 oy davomida, ya'ni 2019—2023 yillarda qurilib, ekspluatatsiyaga topşirilişi rejalaştirilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, yangi GES 100 mingga yaqin uy xöjaligini elektr energiyasi bilan ta'minlaşga xizmat qiladi.
GESda har biri 19 MVt bölgan 4ta gidroagregat örnatiş möljallangan. Inşootning örnatilgan quvvati 76 MVt bölib, yillik örtaça elektr energiya işlab çiqariş hajmi 282 million kilovatt-soatga teng. Uning asosiy asbob-uskunalari normativ muddatlarga köra 40 yilgaça xizmat qilişi mumkin, amalda esa ular 80 yilgaça ham işlaydi.
Şuningdek, GESning töliq işga tuşirilişi 91,28 million kubometrgaça tabiiy gazni iqtisod qiliş imkoniyatini beradi. Inşoot gidrologik rejimga ta'sir qilmaydi, gidrobiologik obektlarga zarar yetmaydi va atrof-muhitga salbiy ta'sir körsatmaydi.
Uşbu GES qurilişi va işga tuşirilişiga sarflangan xarajatlar investitsion davrni hisobga olmaganda, 6 yil 2 oyda qoplanişi kutilmoqda.








