U makroiqtisodiy körsatkiçlar qamrovining töliqligini va YaIMni yakuniy iste'mol usulida hisoblaş metodologiyasini takomillaştirişni ta'minlaydi, deb yozmoqda Norma.
 
Davstatqöm “Milliy hisoblar tizimi-2008” qöllanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillaştiriş böyiça işlar olib bormoqda. Makroiqtisodiy statistikaning xalqaro standartlarini joriy etiş va milliy hisoblar statistikasini takomillaştiriş masalalari böyiça XVJ, OTB, Jahon banki, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va MDH Statistika qömitasi bilan yaqin hamkorlik yölga qöyilgan.
 
2020 yil 1 yanvardan boşlab milliy hisoblarning zamonaviy tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş boşlanadi. Amalda röyobga çiqariş uçta asosiy yönalişda mujassamlanadi:

• iqtisodiy statistikani, şu jumladan milliy hisoblar statistikasini takomillaştiriş;
• davlat moliyasi statistikasini takomillaştiriş va budjet ma'lumotlarining oçiqligini oşiriş;
• taşqi sektor statistikasini va pul-kredit statistikasini takomillaştiriş.
 
Davstatqöm va Moliya vazirligiga iqtisodiy statistikani, jumladan, milliy hisoblar statistikasini tuziş uçun axborot resurslarini şakllantiriş masalalarida manfaatdor vazirliklar va idoralarning özaro hamkorligini yölga qöyiş va respublikada makroiqtisodiy statistika masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş topşirildi.
 
Hujjat 20.08.2019 yildan kuçga kirdi.