Bayram yaqin. Har yili eng uluğ, eng aziz ayyom yaxşi yangiliklar, xuşxabarlar, körkam binolarning oçiliş marosimi-yu mustaqillik tengdoşlarining xalqaro maydondagi nufuzli yutuqlari bilan kirib keladi. Qonliköl yoşlari ham bu yilgi mustaqillik bayramini özgaça intiqlik bilan kutmoqda. Çunki yaqindagina tumanning qoq örtasidagi «Yoşlar markazi»ni quriş işlari nihoyasiga yetkazildi.  Hozirda mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida bölib ötadigan mazkur bunyodkorlik inşootining oçiliş marosimiga tayyorgarlik körilmoqda. Bu tarixiy voqelikdan nafaqat yoşlar, butun tuman aholisining quvonçi çeksiz.

— Men doim şu köçadan ötayotganimda kundan-kunga qavatma-qavat kötarilayotgan "Yoşlar markazi"ni tezroq bitişini duo qilardim. Tasavvurimda bu ulkan bino bilimli yoşlarni tarbiyalovçi, bolalarimizni vatanga kerakli inson bölişiga kömaklaşuvçi maktabga yordamçi böladigan maskan sifatida gavdalanardi. Niyatimiz tezroq qutluğ bayramimiz kelsa-yu, yangi markazimiz oçilsa, –  deydi tumandagi «Döstlik» mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi Bazagul opa Bobojonova.

Bugungi kunda Qonliköl tumanida jami 50300 nafar aholi mavjud bölib, şundan 25848 nafarini öttiz yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Bundan körinib turibdiki, mazkur markaz yoşlar uçun juda muhim va zarur. U minglab yoşlarni turli xil tögaraklar atrofida birlaştirib, iste'dodini yuzaga çiqarişda, kasb-hunarga mehr uyğotişda katta örin tutadi.

Dastavval markazda 4 xil yönalişdagi tögaraklar faoliyat yuritişi rejalaştirilgan.  Ingliz tili, rus tili, matematika hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari tögaraklari şular jumlasidandir. Markaz tögaraklarga öquvçi yoşlarni jalb qilişni allaqaçon boşlab yuborgan.

Eng quvonarlisi "Yoşlar markazi"dan axborot resurs markazi ham örin olgan. Qonlikölliklar uşbu kutubxonadan sevimli kitoblarini olib öqişlari, turli badiiy asarlar yuzasidan böladigan adabiy bahslarda iştirok etişi mumkin.

—Tumanimizda yoşlar uçun çet tillarini çuqur örganişga bölgan ehtiyoj juda yuqori edi. Şuning uçun sinfdoşlarim bilan birga rus tili tögaragiga qatnaşiş uçun röyxatdan ötdik, – deydi Sarvinoz Safarboyeva. —  Özim rus adabiyotlarini köp mutolaa qilaman. Lermontov, Puşkin – sevimli adiblarim. Ularning asarlarini asliça öqişda biroz qiynalardim.  Uşbu tögarakda tilni mukammal örganib, tarjimaga ham qöl urmoqçiman.