Biznes-ombudsmanning xabar berişiça, Nukus şahri va Qonliköl tumanida faoliyat yurituvçi 2 tadbirkor tomonidan yöllangan murojaatlarga qonunçilikda belgilangan muddatda javob bermagan mansabdor şaxslar sud qaroriga asosan jarimaga tortilgan. 

Ma'lum bölişiça, Nukus şahrida faoliyat körsatuvçi “Avtotrans XXX” MÇJ (nomi özgartirilgan) tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Transport vazirligiga murojaat yuborilgan, ammo murojaat belgilangan muddatda körilmagan.

Xuddi şunday holatga Qonliköl tumanida faoliyat körsatuvçi “Green World” MÇJ ham uçragan. Jamiyatning yer maydonini qaytarib beriş yuzasidan murojaati Qonliköl tuman hokimligiga yuborilgan.

Qonunçilikka muvofiq, tadbirkorlarning arizalari davlat organiga kelib tuşgan kundan e'tiboran 15 kun içida, qöşimça örganiş talab etilganda esa bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi. Belgilangan muddatni buziş Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 43-moddasiga muvofiq mansabdor şaxsga nisbatan jarima soliş uçun asos böladi.

“Bizning amaliyotimizda davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning murojaatlarini körib çiqiş muddatlarini buziş holatlari aniqlanadi.

Ikki holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi transport vaziri va Qonliköl tumani hokimining örinbosariga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnomalar rasmiylaştirildi. Natijada, jinoyat işlari böyiça Nukus şahar va Qonliköl tumani sudlarining qarorlari bilan yuqoridagi mansabdor şaxslarga nisbatan ma'muriy jarima jazo çorasi qöllandi”, — deyiladi Biznes-ombudsman xabarida.

Biznes-ombudsmanning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 43-moddasiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi transport vaziri va Qonliköl tuman hokimi örinbosari BHMning 1 barobari miqdorida jarimaga tortilgan.