28 iyul kuni «Straus House» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga yetgani xabar qilingan edi. Sud hukmi bilan jamiyat ta'sisçisi I.Isroilov va uning jinoiy şeriklari JKning tegişli moddalari bilan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.
Kun.uz uşbu işni körib çiqqan Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi bilan boğlanib, jinoyat işi böyiça yetkazilgan zarar, jabrlanuvçilar soni va undiruvning ta'minlanişiga doir qöşimça ma'lumotlarni oldi.
Ma'lum bölişiça, tuyaquş jöjalari bilan boğliq mazkur jinoyat işi doirasida 298 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb topilgan va ular körgan jami zarar miqdori 6 617 444 500 (olti milliard olti yuz ön yetti million tört yuz qirq tört ming beş yuz) sömni taşkil etgan.
Jabr körganlar hududlar kesimida quyidagiça köriniş olgan:

Jinoyat işi doirasida xatlangan:
- 265.000.000 sömga baholangan, 2018 yilda işlab çiqarilgan, «Malibu 2» rusumli avtomaşina;
- 107.571.961 sömga baholangan, 2019 yilda işlab çiqarilgan «Lasetti» rusumli avtomaşina;
- 110.000.000 sömga baholangan 2019 yilda işlab çiqarilgan, «Lasetti» rusumli avtomaşina;
- 107.571.961 sömga baholangan 2019 yilda işlab çiqarilgan, «Lasetti» rusumli avtomaşina;
- 126.081.298 sömga baholangan 2019 yilda işlab çiqarilgan, oq (belodymçatyy) rangli, «Lasetti» rusumli avtomaşina;
- 60.902.497 sömga baholangan 2019 yilda işlab çiqarilgan «Spark» rusumli avtomaşinalari hukm qonuniy kuçga kirganidan söng, jabrlanuvçilarga nisbatan yetkazilgan zararlar örnini qoplaş uçun proporsional ravişda taqsimlanadi.
Şuningdek, aşyovil dalil deb e'tirof etilgan:
- 1 dona bahosi 3.920.000 sömlik;
- 1 dona bahosi 2.807.000 sömlik;
- 1 dona bahosi 3.885.000 sömlik (jami 3 dona) «MakTaym» rusumli erkaklar qöl soatlari;







