AQŞ prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik böyiça mansabdor şaxslar bilan yadro bombalarini dovullar bilan kuraşişda qöllaş imkonini örganişni muhokama qilgan. Biroq buni eşitgan xodimlar hang-mang bölib qolişgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Axios naşri xabar berdi. 

Oq uy hozirça uşbu xabarga izoh bermagan.

“Dovullar Afrika sohillari yaqinida şakllanadi, ular Atlantika böylab harakatlanayotganda biz uning markaziga bomba taşlaymiz va u dovulni bartaraf etadi. Nima uçun buni qila olmaymiz?”, deb aytgan Tramp.

AQŞ prezidenti şuningdek öz  ma'muriyatining yuqori lavozimli mansabdor şaxsi bilan ham uşbu ğoyani muhokama qilgan. Manbaning ta'kidlaşiça, Tramp 2017 yilda ham dovullarni bombardimon qiliş haqida gapirib ötgan, biroq unda “yadro” sözini işlatmagan.   

Mansabdorlardan biri Trampning nuqtai nazarini qöllab-quvvatlagan va bu xavotir uçun sabab emasligini, çunki prezident bu ğoyani “falokatli dovulning materikkaça yetib kelişiga yöq qöymaslik”ni közlab aytganini ta'kidlagan. 

Naşrning xabar berişiça, uşbu ğoya rasman qayd qilinmagan. Ta'kidlanişiça, 1950-yillardayoq prezident Duayt Eyzenxauer ma'muriyati şunday ğoya haqida fikr yuritgan. Öşanda bu ğoyani hukumatga işlovçi olim işlab çiqqan.