Bugun, 28 avgust kuni soat taxminan 13:00da Toşkent şahridagi Nurafşon köçasida qurilayotgan «Riviera» savdo majmuasi hududida quriliş-ta'mirlaş işlarida yuz bergan baxsiz hodisada jarohatlangan 2 nafar işçi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanalida xabar berilişiça, jarohatlanganlar zudlik bilan tekşiruvlardan ötkazilib, belgilangan tartibda şoşilinç tibbiy yordam körsatilmoqda. Jumladan, 45 yoşli O.Ş. öng tovon suyagining sinişi taşxisi bilan örta oğir ahvolda, Z.R. esa aralaş travma, çap yelka suyagining sinişi taşxisi bilan yotqizilgan.
Bemorlar malakali şifokorlarning doimiy nazoratida bölib, ularga barça kerakli tibbiy muolajalar körsatilmoqda. Vaziyat yuzasidan qöşimça ma'lumotlar beriladi.
Bundan avvalroq, FVV Olmazor tumanidagi mazkur savdo majmuasi quriliş jarayonida metall konstruksiya qulaşi oqibatida 4 kişi halok bölgani haqida xabar qilgandi.








