O‘zbekiston | 11:59 / 28.08.2019
45006
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralari o‘zgartiriladi

Foto: tashvil.uz

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani ma'muriy hududining umumiy maydonidan 428 gektarlik qismi belgilangan tartibda Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi SQ-418-III-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respubliksi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 3 maydagi
“Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi SQ-418-III-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan tashkiliy

ChORA-TADBIRLAR ReJASI

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid