Bugungi hayotni elektr energiyasiz tasavvur etişning özi muşkul. Elektr ta'minoti ma'lum sabablarga köra tarmoqdan bir muddat uzilsa, xuddi iş, ta'bir joiz bölsa hayot töxtab qolgandek tuyuladi. Biroq 1 kVt elektr energiyasi işlab çiqariş uçun 0,3 m3 tabiiy gaz, örtaça 2,5 kg kömir sarf etilişini köpçilik bilmaydi.

Energiya işlab çiqariş katta miqdorda tabiiy xomaşyo talab etuvçi jarayon ekani, uni magistral tarmoqlar orqali yetkazib beriş, iste'molçilarga taqsimlaş va şu bilan boğliq minglab iş-yumuşlar murakkab jarayon ekanligi ham aksariyat iste'molçilarga noma'lum.

Şu örinda muqobil energiya turlarini joriy etiş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini alohida qayd etiş lozim. Beminnat quyoş energiyasidan foydalaniş, şamol elektr stansiyalarini quriş elektr energiyaga kundan-kunga, yildan yilga talab oşib borayotgan mamlakatimiz uçun ham dolzarb masalalardan biri bölib turibdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevral sanasidagi PQ-4145-sonli qaroriga muvofiq Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) kredit mablağlari hisobidan, şu bilan birga, davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 apreldagi PQ-4256-sonli qaroriga asosan Birlaşgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi iştirokida Özbekistonda şamol elektr stansiyalari quriş böyiça innovatsion loyihalarni amalga oşiriş işlari özining yangi bosqiçiga çiqdi.

Dastlab şamol elektr stansiyasini quriş uçun mos, ya'ni muntazam şamol yönalişlarini aniqlaş böyiça tadqiqot işlari olib borildi. Germaniyalik mutaxassislar bilan loyihaning texnik talablariga mos hududlar aniqlandi. Endilikda Nukus şahriga yaqinidagi Qoratov hududida 100 MVt quvvatli hamda Zarafşon şahri yaqinida 200 MVt quvvatga şamol elektr stansiyasini quriş böyiça yangi loyihalar amalga oşirilmoqda.

29 avgust kuni «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasida xorijiy mutaxassislar iştirokida texnik topşiriqlar loyihasi atrofliça muhokama etildi. Uçraşuvda elektr uzatiş liniyalarining mavjud holatini texnik jihatdan qayta körib çiqiş va tahlil qiliş, şuningdek, şamol elektr stansiyalarini Özbekiston Respublikasining energiya tizimiga integratsiyalaşuvini ta'minlaş böyiça harakatlar rejasi işlab çiqildi.

«Mazkur loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş orqali, aniqroği muqobil energiya stansiyalari quvvati evaziga Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Navoiy viloyati energiya tizimida ijobiy özgarişlar bölişi kutilmoqda. Iste'molçilarni uzluksiz sifatli energiya bilan ta'minlaş, muqobil energiya turlarini joriy etiş — energetika sohasining iş sifatini oşirişga xizmat qiladi», deyiladi «Özbekiston MET» AJ matbuot xizmati xabarida.