Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Markaziy saylov komissiyasining Okrug va uçastka saylov komissiyalari tarkibini şakllantiriş böyiça yöriqnoma loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, Yöriqnoma Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq işlab çiqilgan bölib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlaşmalari, korxona, muassasa va taşkilotlar uçun okrug va uçastka saylov komissiyalarini şakllantirişda tavsiyaviy xarakterga ega.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari saylovini ötkazuvçi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmiş kun qolganda komissiya raisi, rais örinbosari, kotibi va 6-8 nafar komissiya a'zosidan iborat tarkibda tuziladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari saylovini ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kenesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlaş uçun tavsiya etiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşlariga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyasi tegişli viloyat, tuman, şahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmiş kun qolganida komissiya raisi, rais örinbosari, kotibi va 6-8 nafar komissiya a'zosidan iborat tarkibda tuziladi.
Xalq deputatlari viloyat kengaşiga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalarining a'zolari Xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman, şahar kengaşiga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalarining a'zolari fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Uçastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5-19 nafar a'zodan, şu jumladan rais, rais örinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargaça a'zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Zarur bölgan hollarda, uçastka saylov komissiyasining son tarkibi okrug saylov komissiyasi tomonidan özgartirilişi mumkin.
Uçastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar Xalq deputatlari tuman, şahar kengaşlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegişli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlaş uçun tavsiya etiladi.












