Yirik telekanallar ötkazgan sörovlar Ayzenkotning «Yaşar» partiyasi atrofidagi muxolifat blokiga 52–53 ta, Netanyahuning «Likud» partiyasi boşçiligidagi blokka esa qariyb 50 ta örin tegişi mumkinligini körsatmoqda.
120 örinli parlamentda köpçilik uçun kamida 61 ta mandat zarur. Şu sababli hukumat tuziş imkoniyati yakuniy natijalar va keyingi koalitsiya muzokaralariga boğliq böladi. Ekzitpollar rasmiy saylov natijasi hisoblanmaydi.
«Likud» eng yirik partiya bölib qolişi mumkin
Alohida partiyalar kesimida «Likud» 24–25 ta örin bilan parlamentdagi eng yirik siyosiy kuçga aylanişi mumkin. «Yaşar» esa 21–23 ta mandat olişi kutilmoqda.
Saylovda asosiy raqobat amaldagi boş vazir Netanyahuning öng qanotdagi hukumat lageri va Isroil armiyasi boş ştabining sobiq rahbari, öng markazçi siyosatçi Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat örtasida keçdi.
Soat 19:00 gaça saylovçilarning 74,3 foizi ovoz bergan
Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga köra, ovoz beriş huquqiga ega fuqarolarning 74,3 foizi saylovda qatnaşgan.
Komissiya bu soat uçun bunday yuqori iştirok 1973-yilda tegişli statistika yuritila boşlanganidan buyon ilk bor qayd etilganini bildirgan. Bu yakuniy iştirok körsatkiçi emas.
Ovoz beriş vaqtini uzaytiriş sörovi rad etildi
Markaziy saylov komissiyasi 27-oktabr kuni «Likud»ning saylov uçastkalari iş vaqtini uzaytiriş haqidagi murojaatini rad etgan. Komissiya ovoz berişni soat 22:00 dan keyin davom ettirişga zarurat yöq, degan xulosaga kelgan.
Isroil OAVga köra, «Şas» va «Yahudiy kuçi» partiyalari ham uçastkalar oldida odamlar köpligini vaj qilib, muddatni uzaytirişni söragan.
Ayzenkotning «Yaşar» partiyasi esa bunga qarşi çiqqan. Partiya bayonotida ovoz beriş vaqtini uzaytirişga asos böladigan favqulodda hodisalar yuz bermagani aytilgan.
Bu Isroilda HAMASning 2023-yil 7-oktabrdagi hujumidan keyingi ilk parlament saylovidir. Mamlakatda 7,3 million kişi ovoz beriş huquqiga ega. Knessetdagi 120 ta örin uçun 30 dan ortiq partiya röyxatdan ötgan.

















