Meduza xabariga köra, saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da oçilgan. Bu HAMASning 2023-yil 7-oktabrdagi hujumidan keyingi ilk saylovdir.
Ovoz berişdan bir neça kun avval ötkazilgan jamoatçilik fikri sörovlarida «Likud» va «Yaşar» asosiy raqobatçilar sifatida körsatilgan.
Hukumatni mustaqil şakllantiriş uçun partiya 120 örinli parlamentda kamida 61 ta mandatga ega bölişi kerak. Biroq sörovlarga köra, bu ikki partiyaning heç biri bunday natijaga erişa olmaydi. Şu sababli koalitsion hukumat tuzilişi kutilmoqda.
«Likud» koalitsiyani boşqara olişi va Netanyahu boş vazirlik lavozimini saqlab qolişi saylov natijalari hamda undan keyingi muzokaralarga boğliq böladi.
Saylovda jami 36 partiya iştirok etmoqda. Knessetga kiriş uçun ular kamida 3,25 foiz ovoz töplaşi zarur. Sörovlar bu tösiqdan 11–13 ta partiya ötişi mumkinligini körsatgan.

















