Xitoyning “Yuytu-2” lunoxodi Oyning körinmas tomonida noma'lum modda aniqladi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Modda kraterlardan biri tadqiq qilinayotgan vaqtda aniqlangan. Rover uni suratga qayd qilgan. Missiya saytida ma'lum qilinişiça, surat iyul oxirida olingan.
Maşina korpusida moddadan akslanayotgan nur böyiça uning tarkibini aniqlovçi Visible and Near-Infrared Spectrometer (VNIS) spektrometri örnatilgan. Biroq olimlar topilma nimadan taşkil topganini tuşuna olişmagan va faqat u “noodatiy rangga va gelsimon tarkibga egaligini” ayta olişgan.
2019 yil yanvarda Xitoyning “Çan'e-4” qurilmasi Yerga Oyning orqa tomoni suratini jönatgan. Qurilma Oyning geologik tuzilişi va tuproği tarkibi haqidagi ma'lumotlarni töplaydi va bir qator past çastotali radioastronomik kuzatuvlar olib boradi.
Oyning orqa qismidagi birlamçi mantiya namunalarida piroksenlar va olivinlar – kam miqdorda kalsiyga va köp miqdorda temirga ega ziç minerallar aniqlangan. Mutaxassislarning fikriça, bu jinslar dastlab yuqori mantiya tarkibiga kirgan, biroq meteoritlar tuşişi natijasida sirtga otilib çiqqan.













