Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti foydalanilmagan qishloq xo‘jalik yerlarini olib qo‘yishni talab qildi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerni davlatdan bepul ijaraga olib undan foydalanmaganlarning yerlarini olib qo‘yish masalasini ko‘tardi. U bu haqda Qozog‘iston xalqiga murojaatnomasida aytdi.
To‘qayev aksariyat ijarachilar yerlarni shunchaki olib ishlamayotganliklarini ta'kidladi. U bundaylarni "baxillar" deb atadi. Qozog‘iston prezidentining fikricha, foydalanilmayotgan yerlarni olib qo‘yish vaqti keldi. U parlament va hukumatga ana shunday uchastkalarni olib qo‘yish mexanizmini ishlab chiqishga topshiriq berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani hal qilmasdan turib qishloq xo‘jaligini sifatli rivojlantirib bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026