Elçilar tayinlanişi, davlat rahbarlari bilan uçraşuvlarida «Favqulodda va muxtor» degan jumla işlatiladi. Xöş, nega elçilar rasmiy axborotda şunçaki deylik oddiygina «Özbekiston Respublikasi elçisi» yoki «Özbekiston elçisi» deb atalmaydi?
Elçixonalar – biror davlatning çet davlatlardagi vakolatxonalari xodimlari turli darajalarga ega va ularning maqomlari turli davlatlarda turliça.
«Diplomatiya munosabatlari töğrisida»gi 1961 yilgi Vena Konvensiyasi hamda xalqaro huquq normalari va qoidalariga muvofiq, Özbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uçun quyidagi diplomatiya martabalari — Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi vakolatxonalari diplomatiya xodimlariga beriladigan alohida xizmat unvonlari belgilanadi:
- Favqulodda va Muxtor Elçi;
- Birinçi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil;
- Ikkinçi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil;
- Birinçi darajali maslahatçi;
- Ikkinçi darajali maslahatçi;
- Birinçi darajali birinçi kotib;
- Ikkinçi darajali birinçi kotib;
- Birinçi darajali ikkinçi kotib;
- Ikkinçi darajali ikkinçi kotib;
- Uçinçi kotib;
- Attaşe.
Favqulodda va Muxtor Elçi, birinçi va ikkinçi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil martabalari Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi. Ana şu masalalar yuzasidan takliflarni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri kiritadi.
Boşqa diplomatiya martabalari Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri buyruği bilan beriladi.
Elçi özi faoliyat yuritayotgan davlatda nafaqat öz davlatining, balki bevosita davlat rahbarining vakili hisoblanadi va zarur deb hisoblagan paytida özi faoliyat yuritayotgan davlat rahbari qabulini söraşi mumkin.
Elçilarga «Favqulodda va Muxtor» atamasi qöşilişi tarixiy an'analar bilan boğliq. Gap şundaki, qadimda favqulodda vaziyatlarda boşqa davlatlarga elçilar yuborilgan va ular muayyan masalalarnigina hal qilişgan. Muxtor, ya'ni doimiy elçilar esa boşqa davlatlar hududida doimiy asosda faoliyat olib borişgan. Hozirgi kunda aksariyat davlatlar elçilari har ikki maqomni özlarida saqlaydi.













